KXDRda 81 mingdan ortiq kişi H1N1 virusi – «çöçqa grippi» bilan kasallangan. Tört kişi uşbu xastalik tufayli hayotdan köz yumdi, deb xabar qilmoqda Ryonxap agentligi Xalqaro Qizil Xoç va Qizil Yarim oy jamiyatiga tayangan holda.

Uning ma'lumotlariga köra, mamlakatda 2017 yilning 1 dekabridan beri çöçqa grippi bilan kasallanganlikka gumon paydo bölgan qariyb 130 ming holat qayd etilgan, ulardan 80 mingdan ortiği tasdiqlandi. Hayotdan köz yumganlar orasida – uç nafar bola va bir nafar yoşi katta inson.

Kasallanganlarning deyarli yarmi – bolalar (24,5%) va ösmirlar (22,8%).