Kiprda mahalliy vaqt bilan 18.00da prezident saylovlarida ovoz beriş yakunlandi. Mamlakatdagi 1100dan köproq saylov uçastkalari soat 7dan oçiq bölgan.
Saylovning yakuniy natijalari soat 20.30dan keyin olinişi kutilmoqda.
Saylov komissiyasi ma'lumotlariga köra, soat 17da röyxatga olingan saylovçilardan 66,2 foizi ovoz berib bölgan. Saylovlardagi iştirok 2013 yildagidan pastroq bölgan, öşanda soat 17ga qadar 77,6 foiz saylovçi ovoz berib bölgandi.
Kipr prezidenti yaşirin ovoz beriş bilan 5 yilga saylanadi. Bu saylovlar mustaqil Kipr davlati taşkil etilgandan keyin 13-sonli prezident saylovlaridir. Mamlakat rahbari lavozimiga 9 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Agar 1-bosqiçda nomzodlardan birortasi 50 foizdan köproq ovoz töplay olmasa, unda 4 fevralda 2-bosqiç ötkaziladi va unda 1-bosqiçda eng köp ovoz töplagan 2 nomzod kuraş olib boradi.












