Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston «halol» bo‘lmagan go‘sht mahsuloti olib kirishni taqiqladi
Tojikiston mamlakatga halol bo‘lmagan go‘sht mahsuloti olib kirishni taqiqladi. Bunday talabni mamlakat Veterinariya nazorati davlat xizmati go‘sht mahsulotlarini yetkazib beruvchi barcha tashkilotlar va tadbirkorlarga qo‘ydi.
Veterinariya nazorati davlat xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Tojibek Norovning 27 yanvar kuni ma'lum qilishicha, endilikda barcha xorijlik yetkazib beruvchilar Tojikistonga mahsulotni faqat mahalliy hukumat akkreditatsiyasi bilan olib kirishi mumkin.
«Bunday ruxsatnomani olish uchun esa, bizning mutaxassislar xorijiy korxonada go‘sht qanday sharoitlarda ishlab chiqarilishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari lozim. Bundan tashqari, mahsulot “Halol” standarti bilan belgilangan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqaruvchi faqat shunday shartlardagina o‘z mahsulotini Tojikistonga olib kirishga ruxsat oladi», - deya aytib o‘tdi Norov.
Tojikiston hukumati xorijlik yetkazib beruvchilarni go‘sht mahsulotlarini olib kirishga talablar kuchaytirilgani haqida xabardor etdi.
Ma'lumot uchun, mamlakat bozoriga go‘sht mahsuloti, asosan, Hindiston va Rossiyadan, kichik bir qismi – Turkiya va Qozog‘istondan olib kiriladi.
Tojikiston «halol» standartini 2013 yilda joriy etgan bo‘lib, u go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga «Tojikstandart»ning jiddiy tekshiruvidan so‘ng beriladi.
Mavzuga oid
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:07 / 05.05.2026
Niderlandiya poytaxtida go‘sht va avtomobillar reklamasi taqiqlandi
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
14:42 / 20.04.2026