KUN.UZ tahririyati Sirdaryo viloyatiga taşrif buyurib, viloyat hokimi Ğofur Mirzayev bilan oçiq muloqot ötkazdi. Suhbat davomida Sayxunobod hokimi masalasi ham tilga olindi.

«Töğri, özim ham qattiqqölman, talabçanman. Lekin, heç qaçon birovning şaxsiyatiga tegadigan gap gapirmayman. Çunki, prezidentimiz suhbat davomida menga köp narsalarni aytgan. Heç qaçon insonlarni haqoratlab, şaxsiy manfaatiga zarar yetkazadigan gaplar bilan xörlamaslik kerak. Men har bir yiğilişimda bu böyiça alohida gapiraman. Bizda ma'rifat, ma'naviyat birinçi darajada. Qattiqqöllik degani – bu odamni uriş, haqorat qiliş degani emas. Bundan yiroq bölişi kerak odam. Ta'sirçan gaplar köp, lekin uning birinçi qilgan xatosi – köpçilikni, hammasini töplab, bir-birini haqorat qilsa, yonida turgan ikkinçi kişiga baribir tegib ketadi. Men bu gaplar çiqqan kuniyoq öşa yerga yetib borganman. Borib, hammani yiğib: «Notöğri iş qilgansiz, butun xalqdan keçirim söraysiz», deganman. Keçirim söragan öşa yerda. Öşanda paxta payti edi, şuning uçun odamlarga ta'sir qilmasligi uçun işdan olinmadi. Lekin bu boradagi tegişli jarayonlar davom ettirildi, prokuratura ham öz tekşiruvini olib bordi. 

Endi u yerga tajribali, özini bosib olgan, hamma tomonlama şoşilmaydigan odamni hokim qildik. Sayxunobod katta tuman, paxta, ğallani ham köp beradi. Bu tumandan katta-katta odamlar, qahramonlar çiqqan. Men sizlardan yaşirmayman – uç kundan keyin yana keldi eski hokim. Men: «Ozgina damini olsin, hayotni ozgina bilsin», dedim. Özi köp aytaman: «Amalda bölganingda hamma senga döst, amalni topşirsang esa, kerak bölsa sinfdoşingiz ham telefon qilmaydi…». Endi öziga xulosa çiqarsin. Rahbarda ma'naviyat-ma'rifat birinçi örinda turişi kerak, rahbarlikni ham kötara olgan kötaradi», - dedi Ğ.Mirzayev.

Ötgan yilning sentabrida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani Nosirjon Egamberdiyev tumandagi maktab direktorlarini urayotgani videosi namoyiş etilgandi. Şundan söng, uning işi prokuratura tomonidan tekşirilgan va u 2018 yilning yanvar oyida öz arizasiga köra işdan ketdi.

Öqituvçilarni urgan hokim işdan olindi