Insonga aql nima uçun berilgan? Har bir qilayotgan işini öylab, muşohada qiliş uçun emasmi? Ayrimlarning xatti-harakatini körib: “Bu inson rostdan ham amaldagi qonunçilikni bilmaydi çoği”, degan xayolga borasan dastlabki xulosalaringda. Biroq uning “hayot tarixi”ni varaqlar ekansan, undagi “ilmsizlik” bir “kasallik” ekaniga amin bölasan, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Namangan tumanilik Şarof Ğaniyev (ism-familiyalar özgartirilgan) ham şunday “ilmsiz”lar toifasidan ekan. Uni qöştirnoq içidagi ilmsiz, deyişga töla asos bor. Boisi, u muqaddam ham öz uyida noqonuniy tarzda yaşirin sex taşkil etgan, qilmişi foş bölib, sud hukmi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan edi. Demak, bu borada yaxşigina tuşunçasi bor. Biroq u bunday xulosa çiqarmadi. Töğriroği, nafsining izmidan çiqolmadi. Natijada yana öz xonadonida yaşirin sex taşkil etib, noqonuniy tarzda alkogol mahsulotlari tayyorlaşga kirişdi.
Albatta, noqonuniy boşlangan işning oxiri hamişa “voy” bölgan. Şu ma'noda, Ş.Ğaniyev ötgan yilning 27 martida öz uyida bir fuqaroga 210 dona aroq va 150 litr vino mahsulotini 1 mln 800 ming sömga sotayotgan paytda SVOJJDLQK departamentining Namangan tuman bölimi xodimlari tomonidan uşlandi.
Xolislar iştirokida uning xonadoni közdan keçirilganida, 285 dona 0,45 litrli aroq, turli idişlardagi 200 litr vino va boşqa jihozlar borligi aniqlandi. Mutaxassislar bularning barini 2 mln 542 ming sömga baholaşdi.
Ş.Ğaniyev avvalgi qilmişidan xulosa çiqarib olmagani bois, bu galgi sud muhokamasidan keyin tört yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.











