27 fevral kuni WSB musobaqasidagi Uzbek Tigers jamoasiga qarşi Özbekistonda javob uçraşuvlari ötkazadigan Kubaning Cuba Domadores klubi janglar uçun tarkibni ma'lum qildi.
Taqvimga köra, 10 fevral kuni özbekistonlik boksçilar Kubada mehmon böladi. 27 fevral kuni esa kubaliklar Termizda ringga çiqadi.
Fazliddin Ğoibnazarov va Rustam Tölaganov ortidan professional ringga ötib ketgan Şahram Ğiyosov va Murod Ahmadaliyev endi jamoaga yordam bera olmaydi. Lekin Kubaga qarşi janglarda Rio Olimpiadasi qahramonlaridan ikki nafari Hasanboy Döstmatov va Şahobiddin Zoirov safda.
Özbekiston boks federatsiyasi bergan ma'lumotga köra, Termizda quyidagi juftliklar hosil böladi:
-49 kg: Hasanboy Döstmatov - Oskar Argilagos
-56 kg: Şahobiddin Zoirov - Robeysi Ramires
-64 kg: Iqbol Xoldorov - Andi Kruz Gomes
-75 kg: Isroil Madrimov - Arlen Lopes
-91 kg: Sanjar Tursunov - Erislandi Savon
10 fevral kuni safarda böladigan janglar uçun esa quyidagi tarkib tanlangan:
-52 kg: Xudoynazar Fayzov
-60 kg: Şunqor Abdurasulov
-69 kg: Mahmud Ğoipov
-81 kg: Madiyor Saidrahimov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Ma'lumot uçun, Uzbek Tigers WSB turnirida avvalgi ikki mavsumda ham Kubadan yengilgan. Bu mavsumda esa jamoalar guruh bosqiçidayoq özaro töqnaş kelmoqda. Özbekistonga guruhda Kolumbiya va Venesuela jamoalari ham raqiblik qiladi. Uşbu guruhda dastlabki ikki örinni egallagan jamoalar çorak finalga çiqadi.












