Burundan qon oqqanda uni qanday töxtatiş mumkin, qanday holatlarda şifokorga murojaat qiliş kerak va bunday holat tez-tez kuzatilsa, qanday yöl tutiş kerak? "Layfxaker" şu mavzudagi ilmiy asosga ega ma'lumotlari bilan bölişdi.
Yengil burun oqişini qanday töxtatiş mumkin?
Burundan qon ketişining yengil şakllari kutilmaganda yoki burunning yengil jarohatidan keyin boşlanişi mumkin. Qoidaga köra, burundan bunday qon ketişining heç qanday xavfli tomoni yöq.

Bunday holatlarda quyidagi xatti-harakatlarni amalga oşiring:
- Ötiring va boşingizni tik tuting. Qon tomoqqa oqişi kerak emas;
- Burunning yumşoq qismini barmoqlaringiz bilan qattiq siqing va 10-15 daqiqa davomida qöyib yubormang. Ilk 10 daqiqada sabr qilib, qon oqişi töxtagan yo töxtamaganini tekşirmay turing;
- Agar 10-15 daqiqadan keyin qon töxtamasa, yana 15 daqiqaça burunni siqişda davom eting.
Qon oqişini tezroq töxtatiş uçun tomirlarni toraytiruvçi ta'sirga ega vositadan foydalanişingiz mumkin, masalan ksilometazolin eritmasidan.
Agar 30 daqiqa içida burundan qon oqişi töxtamasa, şifokorga murojaat qiling.
Burundan qon oqişning xavfli şakli
Burundan qon oqişi nisbatan kamdan-kam holatlarda burunning orqa qismidagi yirik qon tomirlariga ziyon yetişi natijasida boşlanadi. Bu köp qon yöqotiş mumkinligi bilan xavfli.
Qanday holatlarda tez yordam xizmatiga murojaat qiliş kerak?
- Katta miqdordagi qon oğiz yoki tomoq tomon oqayotgan bölsa;
- Qon quyqalari hosil bölsa;
- Qon ketişi burun böşliği yoki tomoqdagi operatsiyadan bir neça kun ötgaç kuzatilsa, masalan, burundagi polip yoki adenoidlarni olib taşlagandan keyin;
- Qon oqişi kuçli zarbdan keyin boşlangan bölsa.













