Qozoğistonning Qarağandasida yaşovçi pensioner Bayildi Tere 40 daraja sovuqni pisand qilmay, egnida bir futbolka va yupqa şimda yurişdan qörqmaydi. 65 yoşli erkak uçun bunday sovuq havoda yupun kiyiniş odatga aylangan. Saryarqa telekanali bu noodatiy erkak haqida lavha tayyorladi.
Qariya pensiyaga çiqqaç, uyida qöl qovuştirib ötirişni istamadi. U Qarağandadagi harbiy qismlardan biriga farroş bölib işga kirgan. “Sovuq havo tanani jangovar holatda uşlab turadi. Tana qizğin holda bölganda, heç qanday kasalliklar bölmaydi. Fikrimça, barça kasalliklarning davosi bizning miyamizdadir. Aytişadi-ku, nima öylasang, şuni olasan”, deb aytadi erkak.
Qariya qişki havoda köçaga yupun holda çiqişni 25 yil avval boşlagan. Öşanda u heç qança sovuq qotmagan. U şundan keyin buni takror-takror qaytargan. Keyin esa organizmi bunga könika boşlaganini anglagan. Öşandan beri u biror marta kasal bölmagan va şifokorga murojaat qilmagan.

“Buni birinçi marta qilganimda yo noyabr, yo dekabrmidi, qor yoqqandi. Men yölakka çiqib, eşikka yaqinlaşganimda kurtkamni esdan çiqarganim yodimga tuşgan. Şunda qandaydir kuç menga ortimga qaytişga yöl bermagan. Va men şunday holimda köçaga çiqib ketganman. Meni yupun holda körganlar kiyimlarini yeçib menga bermoqçi böladilar. Men esa ularga menga sovuq emasligini, kiyim kerakmasligini tuşuntirib, rahmat aytaman”, deydi “sovqotmas odam”.

Qariya çiniqişni istovçilarga dastlab öz organizmini bunga tayyorlaş kerakligini maslahat qilmoqda. Qalin kiyimlarni yeçib, köçaga darrov çiqib ketiş yaramaydi, çunki bunda şokka tuşiş mumkin. Şu sababli buni sekin-astalik bilan amalga oşiriş lozim. Ayniqsa, bu yoşi kattalarga taalluqlidir.

















