Qişloq xöjaligi vazirligi respublikaga sovuq havo oqimlari kirib kelişi munosabat bilan qişloq xöjaligi ekinlarini asraş yuzasidan öz tavsiyalarini e’lon qildi.

Vazirlikka köra, yetiştirilayotgan ekin hamda ösimliklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan asraşda quyidagilarga amal qiliş tavsiya etiladi:

  • Örab qöyiş. Daraxtlar va ösimliklarni sovuq urişi va qordan himoya qiliş uçun maxsus materiallar (mato, plyonka, kraft-qoğoz, spanbond) bilan yopiş zarur. Bu gullaydigan kurtaklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan saqlab qolişga yordam beradi;
  • Ozuqa moddalari bilan suğoriş. Sovuq havo massasi kirib kelişidan oldin daraxtlar yetarli darajada namlik va ozuqa olgan bölişiga işonç hosil qiliş kerak. Odatda suvga va foydali moddalarga töyingan daraxtlar past haroratlarga köproq çidamliroq böladi;
  • Mulçalaş. Ekinlar ildiz zonasini maxsus ozuqa moddalar bilan qoplaş tuproqdagi issiqlik va namlikni saqlab qolişga yordam beradi, bu esa ildizlarni sovuqdan himoya qiladi;
  • Şikastlangan şoxlarni kesib taşlaş. Qor oğirligi ostida ba’zi şoxlarni sinişi yoki sovuq urişi xavfini kamaytiriş uçun qurib qolgan yoki şikastlangan novdalarni kesib taşlaş mumkin. Söng, kesilgan joyni mis sulfatning suvli eritmasi (1 litr suv uçun 1 çoy qoşiq modda) bilan işlov beriş kerak;
  • Şamoldan himoya qiliş. Imkoniyat bölsa, daraxtlar va ösimliklar atrofida vaqtinçalik şamol tösiqlarini yaratiş zarur. Bu tösiqlar ekinlarni yelvizaklardan asraşga yordam beradi.

 Şuningdek, suğoriş imkoniyati bor xududlarga ğallani şarbat bilan suğoriş tavsiya etiladi. Gektariga 150 - 200 kg.dan ammiakli selitra yoki sulfat ammoniy öğitidan berilişi ham ğalla maysalarning ösiş va rivojlanişini tezlatib, ildiz tizimini yaxşi rivojlantiradi va sovuq xaroratdan ximoya qiladi. 

Bundan taşqari, qisqa muddatli sovuq kunlar bölib ötgandan söng sabzavot ekinlarini “stres” va “şok” xolatdan olib çiqiş uçun quyidagi agrotexnik tadbirlarni amalga oşiriş foyda beradi: 

  • ösimlikni qöşimça oziqlantirişga katta e’tibor qaratiş lozim, bunda turli mikroelement, aminokislotalarga boy preparatlar (Viusid, Biotrac singari tarkibida bor elementi mavjud bölgan oziqalar) bilan bargidan oziqlantiriş samarali;