Polşa prezidenti Anjyey Duda 30 yanvarda yakşanba kunlari savdo-sotiqni taqiqlaş haqidagi qonunni imzoladi.
Polşa seymi (parlamenti) avvalroq bu qonunni 254 ovoz bilan qabul qilgan. Qonun 2018 yil martidan 2020 yil yanvarigaça ötiş davri bilan bosqiçma-bosqiç kuçga kiritiladi.
Dastlab bu qonun joriy yilning 1 yanvaridan amalga oşirilişi közda tutilgan.
Mart oyidan boşlab dökonlar oyning birinçi va oxirgi yakşanbalarida, 2019 yilda esa oyning faqatgina oxirgi yakşanbasida işlaydi. 2020 yildan esa taqiqlov töliq kuçga kiradi.
Qonun bir neça istisnolarga ega. Jumladan, yakşanba kunlari internet-dökonlarga va avtomobillarga yoqilği quyiş stansiyalaridagi savdo nuqtalariga savdo qilişga ruxsat beriladi.
Bu qonunni buzganlik uçun jarima yoki erkinlikni çeklaş körinişidagi jazo qöllanişi mumkin.
Duda yakşanba kunlari savdo qilişning taqiqlanişi Polşa oilalariga ijobiy ta'sir qilişini aytgan.
“Yakşanba kuni işlovçilar bu kunni oilalari bilan ötkaza olmaydilar”, deb aytgan Duda.
Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy bu qonunga baho berar ekan, uni qöllab-quvvatlaşini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, bunday taqiqlovlar Yevropa Ittifoqining ba'zi davlatlarida amal qiladi.
Qonunga qarşi çiqayotganlarning aytişiça, bu taqiqlov birinçi navbatda Polşaning şarqidagi çegara hududlarida joylaşgan dökonlarga ta'sir qiladi. Çunki Belarus aholisining özi bir yilda Polşa dökonlarida 100 mln yevrodan köproq pul qoldiradi.

















