Moliyaviy piramida asosçisi Ahmad Tursunboyevga maşinasini topşirgan biroq hali rasmiylaştirib bermagan 100 dan ortiq kişi öz maşinalarini qaytarib olişdi. Bu haqda «Özbekiston-24» telekanalining 31 yanvar kungi «Axborot» dasturida xabar qilindi.

Telekanal xabariga köra, Ahmadboyga garovga topşirilgan 105ta avtomobil egalariga qaytarilgan. Avtomobilini qayta qölga kiritganlardan biri şunday deydi:

— Öğlim Ahmadboy haqida oşnalaridan eşitib, qiziqib qolib, maşinasini olib borib bergan va şu yerda adaşgan. Umid qilaman, endi odamlar bunaqa ahmoqlikka uçmaydi. Buyoğiga hammasi yaxşi böladi.

«Çinoz halol çorva» va «Çinoz avto hamkor» MÇJlarning muassisi bölgan Ahmadboy Tursunboyev odamlardan bir yilda ikki barobar qilib qaytariş şarti bilan katta mablağlar, boyliklar va avtomaşinalarni noqonuniy ravişda qabul qilganlikda ayblanib, 2016 yilda qamoqqa olingan edi.

KUN.UZ A.Tursunboyev ustidan sud jarayoni bölib ötayotgani, guvohlar körsatmalari tinglanayotgani haqida xabar qilgan edi. Biroq sud nima bilan tugagani, ayblanuvçiga hukm öqilgan-öqilmagani noma'lumligiça qolmoqda.