Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi havo hududida uçuvçisiz uçiş qurilmalaridan ruxsatsiz foydalanişning oldini oliş çoralari töğrisida” 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli qaroriga muvofiq, respublikamiz hududiga 2015 yilning 1 yanvaridan boşlab uçuvçisiz uçiş qurilmalarini olib kirilişi taqiqlangan.
Ammo, ayrim fuqarolar tomonidan videotasvirga tuşiriş uçun möljallangan kamerali uçuvçisiz uçiş apparatlarini (dron) olib keliş holatlari kuzatilmoqda, deb xabar berdi Andijon viloyati Bojxona boşqarmasi axborot xizmati.
Yaqinda Andijon viloyati bojxona boşqarmasi “Döstlik” çegara bojxona kompleksi xodimlari tomonidan Qirğiziston Respublikasidan Özbekiston Respublikasiga kirib kelgan fuqaro M.Maxmudbekov belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazilganda, uşbu fuqaro noqonuniy ravişda uçuvçisiz uçiş apparatini olib kelayotganligi aniqlandi.
U özi bilan olib kelayotgan uşbu uskunani yölovçi bojxona deklaratsiyasida yozib körsatmagan va bojxona xodimlarining oğzaki sörovi paytida ma'lum qilmagan bölsada, zamonaviy rentgen apparatlaridagi tasvirlar uning qöl yuklari orasida dron yaşirilganini oşkor etdi.
Hozirda mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan ma'muriy iş yuritilib, sud organlari tomonidan körib çiqilmoqda.
Eslatib ötamiz, uşbu haftada Davlat bojxona qömitasi Xorazm viloyati bojxona boşqarmasi ham Urganç xalqaro aeroportida uçuvçisiz uçiş apparati olib kirilişining oldi olinganligi haqidagi xabarlarni tarqatgan edi.












