Yaqin istiqbolda mamlakatda yana 303 ta yangi avtobus yönalişi joriy etiladi. Ularning 240 tasi qişloq joylariga möljallangan. 2000 yilda respublika böyiça 2032 ta yönalişda aholiga xizmat körsatilgan bölsa, endilikda bu körsatkiç 4375taga yetdi, deb yozmoqda “Xalq sözi”.

Qolaversa, avtobuslarda “onlayn” GPS tizimi orqali masofadan kuzatiş tizimi joriy etilyapti. 

Respublika avtomobil va daryo transporti agentligi ma'lumotlariga köra, ayni paytda mamlakatning turli şaharlarida avtobus va mikroavtobuslarga şunday qurilmalar örnatilib, sinovdan ötkazilmoqda. 

Markaziy Osiyoda birinçi bölib jamoat transportida yöl haqini naqd pulsiz tölaş tizimi amalga kiritilmoqda. Respublikaning barça şaharlarida bosqiçma-bosqiç joriy etiladigan bu jarayonga möljallangan qurilmalar Xitoyning “YIWU ANGNU TRADING COMPANY” kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi.