Çorşanba oqşomida Angliya premer-ligasining 25-turidan örin olgan yetti uçraşuv bilan tur öyinlariga yakun yasaldi. Kunning eng markaziy uçraşuvi «Uembli»da bölib ötdi.

«Mançester Yunayted»ni qabul qilgan «Tottenhem» bu uçraşuvda raqibidan ustunlik qildi va işonçli ğalabani qölga kiritdi. Uçraşuvning 11-soniyasidayoq Kristian Eriksen mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqdi va APL tarixidagi eng tezkor kiritilgan gollardan biriga mualliflik qildi. Bölim örtalarida Fil Jons öz darvozasini işğol qilib, raqib ğalabasini mustahkamladi.

Eng kutilmagan natija ham Londonda kuzatildi. «Çelsi» öz uyida «Bornmut»ni qabul qilib, yirik 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qöydi. Peşqadam «Mançester Siti» esa yetakçilarning oçko yöqotişidan unumli foydalandi. «Vest Bromviç»ni qabul qilgan Pep Gvardiola şogirdlari Fernandino, Kevin De Bryuyne va Serxio Aguerolar tomonidan kiritilgan gollar evaziga yirik hisobda zafar quçdi — 3:0. «Everton» «Lester»dan ustun kelgan bölsa, qolgan uç uçraşuvda ğolib aniqlanmadi.

Ğalabadan söng «Mançester Siti» oçkolari sonini 68taga yetkazib oldi. «Mançester Yunayted» esa 53 oçko bilan 2-örinda qoldi. Endilikda ikki jamoa örtasidagi farq yana 15 oçkogaça oşdi. «Çelsi» esa 2-öringa kötariliş imkoniyatini boy berib, 50 oçko bilan 4-poğonaga tuşib ketdi. Öz navbatida «Tottenhem» 48 oçko bilan 5-öringa mustahkam joylaşdi va YeÇL yöllanmasini beruvçi örinlarga juda yaqin keldi.

Angliya premer-ligasi, 25-tur

Tottenhem – Mançester Yunayted 2:0 (2:0)
Gollar: Eriksen (1), Jons (28, avtogol).
Tottenhem: Loris, Sançes, Devis, Tripper, Vertongen, Eriksen, Dembele (Vanyama, 90), Dayyer, Alli (Sissoko, 88), Son Hyong Min (Lamela, 80), Keyn.
Mançester Yunayted: De Xea, Jons, Smolling, Valensiya, Matiç, Yang, Lingard (Fellayni, 63; Errera, 70), Pogba (Mata, 63), Sançes, Marsyal, Lukaku.
Ogohlantirişlar: Dembele (13), Djons (38), Yang (73), Alli (85).

Mançester Siti – Vest Bromviç 3:0 (1:0)
Gollar: Fernandino (19), de Bryuyne (68), Aguero (89).