Boeing kompaniyasi aviasozlik kelajagini elektr samolyotlarda körmoqda. Avvalroq kompaniya elektr samolyotlari işlab çiqaruvçi Zunum startapiga investitsiya kiritgandi. Endi esa korporatsiya akkumulyatorlar işlab çiqaruvçi Cuberg startapi aksiyalari paketini sotib oldi.
Cuberg 2015 yilda Stenford universitetidan çiqqan startap bölib, uning jamoasi yuqori ziçlikdagi batareyalar yaratiş bilan şuğullanadi. Agar kelajakda elektr dvigatellar havoga katta ölçamli samolyotlarni kötara olsa, buni yuqori ziçlikdagi batareyalar hisobiga uddalay oladi: ular kiçikroq ölçamlarga ega bölgan holda öziga köproq energiya siğdira oladi. Startapda özi işlab çiqqan elektrolitga patent ham bor.
Cuberg vakillarining aytişiça, bu elektrolit yuqori voltli katodlarni qöllaşga imkon beradi va şu bilan birga batareyani köp miqdorda quvvatlaş sikllaridan keyin ham samaradorligini saqlab qoladi.
Startap öz batareyalarining prototipini çiqardi va Boeing uni yuqori baholagan. Kompaniya vakillari Cuberg akkumulyatorlari bozorda köriş mumkin bölgan eng yuqori ziçlikdagi energiyaga egaligini aytişdi. Startap tomonidan qöllanuvçi noyob kimyoviy moddalar esa elektr havo transporti uçun xavfsiz va barqaror yeçim bölişi mumkin.
Avvalroq Boeing Zunum startapiga işonç bildirib, unga sarmoya kiritgandi. Startap 2022 yilgaça 12 örinli gibrid samolyot işlab çiqarişga va'da bermoqda. Samolyot bortida an'anaviy dvigatellar bilan birga ikkita elektromotor örnatiladi. Muhandislarning prognozlariga köra, bu parvozlar narxini 80 foizgaça kamaytiradi. Yangi samolyotlar 1600 kilometrgaça uzoqlikka uçişga möljallanadi. Ehtimol Boeing va Cuberg hamkorligi kelgusida gibrid samolyotlardan töliq elektrlilariga ötişga imkon berar.
Darvoqe, Le-Burjyedagi aviasalonda Eviation Aircraft kompaniyasi 965 kilometrlik masofani uçib öta oladigan elektr samolyot prototipini taqdim qildi.












