Yaponiyaning Fujifilm kompaniyasi öz tarkibiga AQŞning Xerox kompaniyasini qöşib olganini e'lon qildi. Birlaşuv hozirda mavjud bölgan Fuji Xerox qöşma kompaniyasi negizida amalga oşadi. Yaponiyaliklar 50,1 foiz aksiyaga ega böladilar.

Qöşma kompaniya Fujifilm’dagi uluşini 6,1 mlrd dollarga sotib oladi, söngra yaponlar bu mablağlarni Xeroxֹ’ning aksiyalarini sotib olişga yönaltiradi. 

Kompaniyalar birlaşuvdan olinadigan daromadni 2022 yilgaça 1,7 mlrd dollarga yetişini taxmin qilişmoqda. 

“Biz Fujifilm oilasiga Xerox va uning xodimlarini qabul qilişdan xursandmiz. Bizningça, birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan biz sohamiz kelajagini yaratamiz”, deb aytgan Fujifilm boş direktori Sigetaka Komori.

Fujifilm kompaniyasi Xerox kabi qoğoz hujjatlarni qöllaşdan boş tortilayotgani ortida foyda kamayib ketganini ma'lum qilgan. 

Ikki kompaniya bitim haqida e'lon qilgandan keyin Xerox aksiyalari narxi deyarli 4 foizga oşgan, Fujifilm’niki esa aksinça, 8 foizdan köproqqa tuşib ketgan.