AQŞning Xerox kompaniyasi rahbariyati, xususan boş direktor Jyeff Jyeykobson, direktorlar kengaşi raisi Robert Kigan va boşqaruvning yana beş a'zosi iste'foga çiqadi. Bu haqda Xerox’ning tegişli bayonotida aytilgan.

Bloomberğning aniqlik kiritişiça, ular bunday qarorni kompaniya ikki yirik aksiyadori Karl Aykan va Darvin Disonning bosimi ostida qabul qildi. Kompaniya rahbariyati Xerox’ning Fujifilm Xerox qöşma korxonasi bilan birlaşuvi fonida özgarmoqda. Şu tariqa, Yaponiyaning Fujifilm kompaniyasi AQŞning printerlar işlab çiqaruvçisi butunlay öz tarkibiga qöşib oladi.

Ham Dison, ham Aykan bu kelişuvga qarşi çiqmoqda. Dison Xerox boş direktori Jyeff Jyeykobsonni Fuji bilan kelişuvga erişib, öz manfaatlarini közlaganlikda aybladi. Şu sababdan sarmoyador Jyeykobsonni sudga berdi, hamda 28 aprel kuni Nyu-York sudi Amerikaning printerlar işlab çiqaruvçisi va Yaponiya kompaniyasi birlaşuvini töxtatib qöydi. Bu Dison böyiça qaror çiqarilmagunga qadar davom etadi.