Fuqaroning arizasi böyiça ötkazilgan tadbirda pora talab qilib olgan maktabgaça ta'lim muassasasining rahbari jinoyat ustida uşlandi. Unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi sudda körildi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Mukarramxon Abdimöminova (ism-familiyalar özgartirilgan) oliy ma'lumotli, Quvasoy şahridagi maktabgaça ta'lim muassasalaridan birining mudirasi vazifasini bajaruvçi lavozimida işlagan. Muqaddam sudlanmagan. Ma'lum bölişiça, u bilan bir mahallada yaşovçi ayol mudiraga boşlanğiç ta'lim böyiça örta-maxsus ma'lumotga ega qaynsinglisini boğçaga tarbiyaçilikka işga olişini iltimos qiladi. “Hozir böş iş joyi yöq”, deya javob olganidan keyin ham bir neça marta uçraydi. M.Abdimöminova esa “bir neça kundan keyin bir tarbiyaçi homiladorlik ta'tiliga çiqib, iş örni böşaydi, qaynsinglingiz men bilan körişsin”, deya tayinlaydi.
Şundan söng fuqaro Halimaxon Saidjonova mudira bilan işxonasida gaplaşadi. M.Abdimöminova işga kiriş uçun 400 AQŞ dollari berişi kerakligini “tuşuntiradi”. H.Saidjonova “işsizligim bois uçma-uç yaşab turibmiz, bunça pul topişim amru-mahol”, degaç, işga qabul qiliş narxini ikki barobar kamaytiradi. H.Saidjonova mudirani işlab turib, “rozi qilişga” köndiradi va muassasada tarbiyaçi bölib iş boşlaydi.
Bir oy ötar-ötmas, mudira “qarzi”ni uzib qöyişni söraydi. “Qarz”ni tölaganidan keyin rasman işga qabul qilinişi haqida buyruq çiqarişini aytadi. Noiloj qolgan H.Saidjonova 100 AQŞ dollari keltirib beradi. Mudira “qolganini ham tölab qöying”, deya qisti-bastiga olaveradi. “Bersang berding, bölmasa, örningga boşqa tarbiyaçini işga olaman”, deganidan söng H.Saidjonova SVOJJDLQK departamentining Quvasoy şahar bölimiga murojaat etadi.
M.Abdimöminova aybiga töliq iqror böldi. Sud unga qilmişiga yaraşa jazo tayinladi.












