Londonning «Çelsi» klubi hujumçisi Mişi Batşuayi Dortmundning «Borussiya» klubiga ijara asosida ötdi. Nemis klubi uşbu futbolçini joriy mavsum yakuniga qadar ijara olgani haqida e'lon qildi.
Joriy mavsumda uşbu 24 yoşli belgiyalik futbolçi Angliya Premer-ligasida atigi 2 gol urdi.
Uşbu futbolçi «Borussiya»-«Arsenal»-«Çelsi» jamoalarining özaro rokirovkasi doirasida Germaniyaga keldi. Rurlar klubi hujumçisi Per-Emerik Obameyang «Arsenal»ga ötişi tufayli, «Arsenal» öz hujumçisi Olive Jiruni «Çelsi»ga berdi. Mişi Batşuayi esa Obameyang örniga «Borussiya»ga bordi.












