Yaponiyaning videoöyinlar va ularga möljallangan qurilmalar işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Nintendo kompaniyasi Illumination Entertainment bilan hamkorlikda Super Mario Brothers öyini voqealari böyiça film suratga oladi. Bu haqda kompaniya matbuot relizida xabar qilingan.
Hamprodyuserlarga «Muzlik davri» hamda «Men yaramasman» multfilmlari orqali maşhur bölgan Illumination Entertainment boş ijroçi direktori Kristofer Meledandri hamda Marioni yaratgan, Nintendo boş boşqaruvçi direktori Sigeru Miyamoto aylanadi.
The Wall Street Journal naşri 2017 yilning noyabrida Nintendo Mario haqida multfilm yaratişi mumkinligini yozgandi. Gazeta ma'lumotlariga köra, Illumination Entertainment öşa paytda Nintendo bilan tegişli bitimni imzolaşga yaqin turgan.












