Telegram messenjeri nojoiz kontent tufayli ilovalar dökonidan öçirilgan. Messenjer asosçisi Pavel Durov Twitter foydalanuvçilaridan birining savoliga şunday javob bergan.
"Biz Apple tomonidan foydalanuvçilarimizda nojoiz kontentga kiriş imkoni paydo bölgani va ikki ilova ham App Store'dan öçirilganidan xabardor qilindik, - deb yozadi messenjer muallifi. - Filtrlar (nojoiz kontentlarga qarşi) örnatilişi bilan ilovalar App Store'ga qaytişi kutilmoqda".
Ekspertlarning sözlariga köra, Apple nojoiz kontentlarga juda keskin munosabatda bölib, uni filtrlaşni talab qiladi. "Bizning taxminlarimizga köra, Telegram'ning ilovalar dökoniga qaytişi zarur qayta işlovlardan söng, bir-ikki hafta davomida röy beradi".

















