Toşkent metrosi 2017 yilda ilk marta daromad ola boşladi, u 117 mln sömni taşkil etdi. Bu haqda «Toşkent metropoliteni» sobiq rahbari va boş muhandisi Baxtiyor Sodiqov xabar berdi.
Yil davomida hammasi bölib 62 million yölovçi taşildi, bu bir yil avvalgi körsatkiçdan 0,2 foizga köproq. Baxtiyor Sodiqovning sözlariga köra, taşuvlar hajmining oşişiga pensionerlar uçun soat 10:00 dan 16:00 ga qadar metroda bepul yuriş joriy etilgani ham turtki bergan. Daromadga esa reklamani oşiriş hisobidan erişildi.
Eslatib ötamiz, uzunligi 7,1 kilometr bölgan Toşkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilişi 2020 yilga qadar foydalanişga topşirilişi közda tutilgan. Sergeli metro liniyasi hozirgaça Markaziy Osiyoda qöllanilmagan butunlay yangiça estakada usulida bunyod etilmoqda. Mazkur liniya köpriksimon tarzda quriladi, poyezdlar yer ustida harakatlanadi. Uşbu yönalişda 6 bekat böladi. Qiziqarli yana bir jihat, poyezdlar töxtaş maskani, ya'ni bekatlar 4 vagondan iborat metro poyezdiga möljallab quriladi. Bekatlarda yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida maxsus lift va eskalatorlar örnatiladi. Yunusobod yönalişining yangi liniyasi esa 2019 yilda töla nihoyasiga yetkazilişi közda tutilgan.












