1 fevral kuni Xalqaro press-klubda Xitoyda ötgan 23 yoşgaça yoşlar örtasidagi Osiyo çempionati qahramonlari - boş murabbiy Ravşan Haydarov, jamoa sardori Zabihillo Örinboyev, futbolçilar Rustam Aşurmatov, Javohir Siddiqov va Andrey Sidorov iştirokida «Özbekiston futboli: yangi marra, vazifa va muammolarning real tahlili» mavzusida davra suhbati bölib ötdi.

Foto: Xalqaro press-klub

Davra suhbatining asosiy mavzusi Özbekiston terma jamoasining Osiyo maydonlarida qölga kiritgan muvaffaqiyatli yurişi böldi. Davra suhbati davomida yutuqlar bilan birgalikda muammolar ham muhokama qilindi. Jurnalistlar özbek futbolidagi muammoli holatlar, yeçimini topişi kerak bölgan masalalarda savollar berişdi.

Xalqaro press-klub rahbari Şerzodxon Qudratxöjayev Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning futbol haqida gapirgan gaplarini yodga olib, davlat rahbarining millionlar öyiniga qaratayotgan e'tiboriga alohida töxtaldi.

Şerzodxon Qudratxöjayev / Foto Xalqaro Press-klub

«Mana yoş futbolçilarning yutuqlari munosib baholanib, prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev ularning har biriga bittadan Chevrolet Malibu avtomobili sovğa qildi. Bizda Malibu’ni vazirlar xizmat maşinasi sifatida minadi. Bu prezidentimiz futbolçilarni vazirlarga tenglaştirdi deganidir. Bu katta işonç va mas'uliyat», - deya gapirib ötdi Qudratxöjayev.

Qayd etiş kerakki, Xalqaro press-klubning uşbu davra suhbati töğridan-töğri efirda uzatilib, onlayn tarzda taqdim etildi.