10:21 / 02.02.2018
31259

Fotoreportaj: Andijonda Qur'on musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

1 fevral kuni Andijonda Qur'on musobaqalarining birinchi bosqichi boshlandi.

Hifz va tilovat yo‘nalishida o‘tkazilayotgan musobaqalar 1-3 fevral kunlari “Andijon” tantanalar saroyi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasining viloyat vakilligi zalida, Oltinko‘l tuman “Oltinko‘l” jome masjidi, Izboskan tuman “Ahmadali hoji” masjidi, Asaka tuman “Xolid ibn Valid” masjidi, Shahrixon tuman “Nomozgoh” jome masjidi, Xo‘jaobod tuman “Yetti chinor” jome masjidi va Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Ramazon qori” jome masjidlarida bo‘lib o‘tadi. Hududlarda o‘tkazilayotgan musobaqalarda 1100 nafardan ziyod  ishtirokchi qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

 

 

18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan qori va qoriyalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovning birinchi bosqichi g‘oliblari viloyat bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. Viloyatda birinchilikni qo‘lga kiritganlar esa Respublika bosqichiga yo‘llanma oladi. 

Ayol-qizlar o‘rtasidagi Qur'on musobaqasi ham o‘ziga xos, shariat tartiblarga rioya etilgan holda o‘tkazilmoqda. Bunga viloyatdagi vakillik qoshida xizmat ko‘rsatayotgan otin oyilar mas'ul etib tayinlangan.

Bugun barcha hududlar singari Andijon tantanalar saroyida 352 nafar ishtirokchilar bellashuvga kirishishgan bo‘lsa, viloyat vakilligi zalida qoriyalar o‘z iqtidorlarini namoyish etishmoqda. “Oltinko‘l” jome masjidida esa Baliqchi, Andijon va Oltinko‘l tumani qori va qoriyalari o‘rtasidagi musobaqalar boshlandi.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Muallif olgan fotosuratlar

Top