Irlandiyalik jangçi, UFC’ning 70 kilogrammgaça vazn toifasida çempioni bölgan Konor Makgregorning ma'lum qilişiça, ayni damda u keyingi raqibi böyiça muzokaralar olib bormoqda.
«Men Floyd Meyvezerning öyiniga kirdim, endi u menikiga kelişi lozim. Köramiz. Hozirda keyingi raqib böyiça muzokaralar olib bormoqdaman. Bizda variantlar köp. Yengil vaznda «vaqtinçalik» çempion bor. Mağlub bölmagan doğistonlik bor, hamda ehtimol bu Rossiyadagi katta şouga aylanar. Neyt Diasga qarşi trilogiya mavjud.
Albatta, Meyvezer bilan jang ham bor. Variantlar köp, şuning uçun biz hozirda muzokaralar stolidamiz. Agarda Floyd buni qilmasa, bu uni umrining sönggi kunlariga qadar ta'qib qiladi. Men buni qilişimni aytdim, uning öyiniga kirdim va qildim. Endi uning navbati», - deya Makgregorning sözlarini keltiradi MMAjunkie.com.
Eslatib ötamiz, avvalroq aralaş yakkakuraşlar böyiça rossiyalik jangçi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik sportçi Konor Makgregorni «buzib taşlamoqçi» ekani haqida ma'lum qilgandi.












