29.01.2018 yildagi ÖRQ–463-son Qonun bilan ma'muriy huquqbuzarliklar böyiça jazo çoralarini yengillaştiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratildi.
Çunonçi, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning (bundan keyin – MJTK) 33-moddasiga qöşimça kiritildi. Unda belgilanişiça, ma'muriy sud MJTKning Maxsus qismidagi moddada nazarda tutilmagan boşqa yanada yengil jazo tayinlaşga haqli. Bu holda u MJTKning 23-moddasida sanab ötilgan ma'muriy jazo turlari orasidan tanlanadi, deb yozmoqda Norma.uz.
Masalan, transport vositasini alkogolli içimlikdan, giyohvand modda ta'siridan yoki özgaça tarzda mast holda boşqariş transport vositasini boşqariş huquqidan 1 yilu 6 oydan 3 yilgaça muddatga mahrum etişga sabab böladi (MJTKning 131-moddasi).
Javobgarlikni yengillaştiruvçi holatlardan (MJTKning 31-moddasi) biri mavjud bölsa, şuningdek huquqbuzarning moddiy ahvolini hisobga olgan holda «huquqdan mahrum etiş» örniga jarima tayinlanişi mumkin. Agar haydovçi kimnidir şifoxonaga olib borişni közlab mast holda maşinani boşqargan bölsa, bunday qiliş örinli. Ilgari sud şaxsning transport vositasini boşqarişiga yöl qöymaslik muddatini kamaytiriş huquqigagina ega edi. Biroq uşbu jazo çorasini jarimaga almaştirişga ruxsat berilmas edi.
Ma'lumot uçun. Yuridik amaliyotda qabul qilinganidek, MJTKning 23-moddasidagi ma'muriy jazo turlari yengilroğidan boşlanib, tobora qat'iyroq tus oladi: jarima; ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etiş quroli hisoblangan yoki bevosita şunday narsa bölgan aşyoni haqini tölaş şarti bilan olib qöyiş; ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etiş quroli hisoblangan yoki bevosita şunday narsa bölgan aşyoni musodara qiliş; muayyan şaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boşqariş huquqidan, ov qiliş huquqidan) mahrum etiş; ma'muriy qamoqqa oliş; çet el fuqarolarini va fuqaroligi bölmagan şaxslarni Özbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda çiqarib yuboriş.
Hujjat 1.04.2018 yildan kuçga kiradi.
Ma'muriy sud moddada nazarda tutilmagan jazo çorasini qöllaşga haqli
22:21 / 02.02.201810 0233 min












