Sir emaski, har bir xalqda, har bir elatda öziga xos irimlar bor. Ular asrlar oşa odamlar şuuriga joylaşib, haqiqat tusini olgan. Bu borada özbek xalqi ham “boy xazina”ga ega. Ayniqsa, munajjimlar, folbinlar, jin çalişlar, issiq-sovuq masalalaridagi qaraşlarimiz haqiqat va yolğonga qorişiq bölib ketgan. Özbekiston musulmonlar idorasi mana şu masalalar yuzasidan fuqarolar tomonidan yöllangan savollarga Qur'on oyatlari va hadislar misolida aniq ma'lumotlar keltiradi va ayni haqiqatni bayon etadi.

1-haqiqat. Munajjimlar tuğilgan oy, kun başoratiga, folbinlar söziga işongan kişi gunohkor böladi 

Munajjimlar ğaybni bilişni da'vo qilişadi. Ğayb ilmi faqat Alloh taologa xosdir: 

“(U) ğaybni biluvçidir. Bas, Öz ğaybidan biror kimsani xabardor qilmas” (Jin surasi, 26). 

Hadisi şarifda: “Kimki başoratçi yoki folbinning oldiga borsa va u aytgan narsani tasdiqlasa, şubhasiz, u Muhammad (alayhissalom)ga tuşgan narsaga kufr keltiribdi”, deyilgan (Abu Dovud, Nasoiy va Ibn Moja rivoyatlari).

2-haqiqat. Fol köruvçilar jinlar bilan işlaydi

Payğambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Folbinlarning ba'zida haq gapni aytib qolişlarining sababi şuki, jin gaplarni öğrinça olib, folbinning quloğiga quyadi. Fol köruvçi unga yuzta yolğon aralaştirib gapiradi”, deganlar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
Folbinlarning gaplariga işoniş kufrdir (Alloh asrasin).

3-haqiqat. Duoxonlarga borib “isitiş” yöli bilan muhabbatga erişiş mumkin emas

Isitiş, sovutiş, fol Islom dinida harom qilingan amallardandir.

Kim isitsam falonçi meni yaxşi körib qoladi, deb öylaydigan bölsa xato qiladi. Mehr-muhabbatga isitiş bilan emas, balki Alloh taolodan qörqiş bilan erişiladi (“Ravoi'ul bayon”, “Naf'ul muftiy”).

4-haqiqat. Jinlar qasos oladi va ular ta'siridan saqlaniş mumkin

Jinlarni insonlar köra olmaydi. Çunki ular juda latif va tezda özgara oliş qobiliyatiga egadir. Kişi bilmagan holida qaynoq suv sepib yuborib, bavl qilib va hokazo işlar bilan ularga ozor yetkazganida jinlar unga zarar beriş bilan intiqom oladi.