Toşkent şahar IIBB tomonidan poytaxt mehmonlariga xizmat körsatiş maqsadida, şaharda “maxsus patrul” guruhlari taşkil etildi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Uşbu guruhlar zamonaviy kiyim-keçak, maxsus anjom va texnika vositalar bilan ta'minlandi.

“Maxsus patrul” guruhlari tomonidan şahar fuqarolari hamda çet eldan kelgan mehmonlarga sifatli xizmat körsatiş maqsadida, poytaxtning “Toşkent vokzali”, “I.Karimov Xalqaro Aeroporti” va “Mustaqillik maydoni” obektlarida xizmat olib borişlari yölga qöyildi.

Zamonaviy uyali telefon vositasiga yuklangan “Transleyter” dasturiy tizimi yordamida, mehmonlar bilan çet tillarda ovozli tarjima orqali muloqot qiliş hamda “Navigator” dasturiy tizimidan foydalangan xolda poytaxtimizning turli manzillari va joylari yuzasidan elektron xarita orqali ma'lumotlar taqdim etib yordam körsatiş imkoniyatlari yaratildi.