AQŞ prezidenti Donald Tramp Şimoliy Koreyadan qoçib çiqib ketgan şaxslar bilan Oq uydagi Oval kabinetda uçraşuv ötkazadi. Bu haqda The Washington Post gazetasi yozmoqda.
Kutilişiça, KXDRning sakkiz fuqarosi bilan uçraşuv taşkillaştiriladi. Ulardan ikki nafari AQŞda yaşayotgan bölsa, oltisi – Janubiy Koreyada.
Gazetaning ta'kidlaşiça, bu uçraşuv Trampga Şimoliy Koreyada qurollar sinovi fonida keskinlik ortib borayotgan bir paytda uşbu mamlakatdagi inson huquqlarining buzilişi masalasini kötariş imkonini beradi.
«Hali heç bir rejim Şimoliy Koreyadagi şafqatsiz diktatura kabi öz fuqarolarini azob-uqubatga duçor qilmagan», - deya ma'lum qilgan Tramp kongressga har yillik murojaatida.
Gazeta manbasi sözlariga köra, uçraşuv AQŞning Şimoliy Koreyadagi inson huquqlari böyiça qömitasi vakili Greg Skarlatu tomonidan taşkillaştirilgan.












