Ba'zilar mansab kursisiga ötirgaç, özi boşqarayotgan korxona yoki taşkilotning hisob raqamidagi mablağlarni turli pullar bilan özlaştiriş payiga tuşib qoladi. Biroq öziga işonib topşirilgan özganing mulkini ömariş har doim ham “muvaffaqiyatli” keçavermaydi. Zero, har qanday mablağ hisob-kitobsiz emas.
R.Suvonov (ism-familiyalar özgartirilgan) 2012 yil iyun oyidan 2015 yilning avgustiga qadar Xorazm viloyati Boğot tumani hokimining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari, şu vaqtning özida jamoatçilik asosida “Bolalarni soğlomlaştiriş va dam oldiriş” jamğarmasi raisi lavozimlarida faoliyat körsatgan. R.Suvonovga jamoatçilik asosida işlaş unçalik ma'qul bölmadi. Garçi, jamğarma raisi sifatida uzzu kun işlaşiga töğri kelmasa-da, iş haqi olişni köngli tusab qoldi va işga kirişdi. Natijada uç yil davomida 25 mln 107 ming 900 söm iş haqi va xizmat safari pullarini olişga muvaffaq böldi. Albatta, bunga hisobçining kömagisiz erişib bölmaydi. Hisobçi D.Otayevning xizmatlari ham “bahosiz” qolmadi. Unga jamğarma nizomida belgilanganidan ortiqça pul hisoblanib, 18 mln 992 ming söm noqonuniy tölandi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Bular holva, R.Suvonov jamğarma hisobidagi mablağdan xohlagan maqsadlarida foydalanaverdi. Aytaylik, öziga tegişli fermer xöjaligiga 2 mln 549 ming söm, yana bir fermer xöjaligiga 5 mln 300 ming söm, şuningdek, tanişi bölgan xususiy korxonalarning biriga 1 mln 630 ming söm mablağni moliyaviy yordam tariqasida ötkazib berdi. Birovning hisobidan hotamtoylik qiliş yoqib qoldi şekilli, fuqaro O.Bakiyev uçun 8 mln söm, R.Salayev uçun 6 mln 304 ming söm, Z.Aminov uçun 1 mln 300 ming söm, S.Şukurov uçun esa 3 mln söm pullarni namunaviy uy-joy kreditlari tölovlari uçun asossiz ötkazib berdi.
Şuningdek, faoliyati davomida jamğarma nizomida bolalar sportini rivojlantiriş maqsadida sarflanişi belgilangan 57 mln 905 ming söm pul mablağini bolalar sporti bilan boğliq bölmagan boşqa tadbirlar ötkazişga, transport xarajatlari, xöjalik mollari, ofis jihozlari va boşqalar uçun sarflab yuborgan.
Hisobingdagi pulni xohlagan narsaga işlatiş mumkin, deb öylagan R.Suvonov qattiq yanglişdi. Mansabdor şaxs bölsam, kim ham muşugimga pişt, derdi qabilida iş körişi oqibatida töğri yöldan adaşdi. Işidan, mansabidan ayrildi. Sudning qora kursisiga ötirib, qonun oldida javob berişiga töğri keldi.












