Andijon şahrida yaşovçi fuqaro U.G. Andijon şahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2018 yil 12 yanvar kuni soat 07:00larda yaşaş uyi mehmonxonasidagi televizori ustidan narxi 24.000.000 sömlik tilla taqinçoqlari: 1 dona zanjirça, 1 dona uzuk, 1 dona bilaguzuk va 1 juft ziraklari noma'lum şaxs tomonidan öğirlab ketilganligini, özi izlab topa olmaganligini bildirgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Körilgan tezkor çoralar natijasida noma'lum şaxs Andijon tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro A.L. bölib çiqdi. Olib borilgan profilaktik suriştiruv işlari natijasida fuqaro A.L. 2018 yil 12 yanvar kuni soat 06:30 larda, U.G.ning çaqiruviga asosan yaşaş uyiga tez-tibbiy yordam avtomaşinasida kelib, birinçi tibbiy yordam körsatib çiqib ketayotib, yuqoridagi buyumlarini öğirlab ketganligi aniqlandi.
Mazkur holat böyiça Andijon şahar IIB huzuridagi TB tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











