Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi Toşkent şahar, Yakkasaroy tumani, Şota Rustaveli 1-berk köçasi, 5-uy manzili böyiça yangi binoga köçişi munosabati bilan Toşkent şahar Içki işlar Boş boşqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasi, tuman Içki işlar boşqarmalari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimlari hamda Toşkent şahrining 70 ta şahar içki bölimlarining avtomatlaştirilgan axborot tizimlari orqali qator xizmatlar körsatilişi 2018 yilning 5 fevral kunidan 11 fevral kuniga qadar vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda Toşkent IIBB saytida xabar berildi.
Unga köra, quyidagi xizmatlar körsatilişi vaqtinça töxtaydi:
1. Özbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti hamda fuqaroligi bölmagan şaxsning xorijga çiqiş hujjatini rasmiylaştiriş yuzasidan hujjatlarni qabul qiliş va elektron talabnoma şakllantiriş;
2. Jismoniy şaxslarga şaxsiy identifikatsiya raqamini biriktiriş yuzasidan hujjatlarni qabul qiliş va elektron talabnoma şakllantiriş;
3. Özbekiston Respublikasi fuqarolariga çet elga çiqiş ruxsat yozuvi stikerini rasmiylaştiriş;
4. Çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasini rasmiylaştiriş;
5. Çet el fuqarolarini Özbekiston Respublikasiga taklif qiliş yuzasidan hujjatlarni rasmiylaştiriş;
6. Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Toşkent şahri va Toşkent viloyatida turgan joyi böyiça hisobga oliş töğrisida qayd varağini rasmiylaştiriş.

















