Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:12 / 04.02.2018
36576
1 daqiqa o‘qiladi
Donald Trampning rafiqasi u bilan suratga tushishni istamadi (video)
Foto: Shutterstock
AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp turmush o‘rtog‘i Donald Tramp bilan Floridadagi Palm-Bich aeroportida suratga tushmadi. Bu haqda Daily Mail nashri ma'lum qildi.
Bayonnomaga ko‘ra, birinchi shaxslar samolyot trapidan tushayotganda suratga tushish uchun biroz to‘xtab turishlari lozim. Biroq bu gal birinchi xonim turmush o‘rtog‘i bilan suratga tushishga to‘xtashni istamay, o‘g‘li ortidan mashinaga yo‘l olgan.
Tramplar oilasi Palm-Bichdan Mar-a-Lago qarorgohiga yo‘l olgan. Aeroportda ularni Trampning 30 ga yaqin tarafdori kutib olgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish