Ma'lumki, KUN.UZ saytida xayriya aksiyasi ostida turkum maqolalar berib berib borilmoqda. Eng muhimi, bunday aksiyalar natijasiz qolmayapti, amalga oşirilayotgan savobli işlar besamar ketmayapti. 

Kuni-keça “Jigar saratoniga çalingan 4 farzandning otasi kömakka muhtoj” sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan edi. Unda taqdir sinoviga uçragan oila boşliği – tört farzandning otasi Begali Axunov haqida söz boradi. 

Buni qarang-ki, xalqimizning saxovatpeşaligini sabab, qisqa muddatda Begalining şifo topişiga zarur mabluğ yiğildi. Begali va rafiqasi Dildoraxon davolaniş uçun safarga otlanişdi. Hindistonda muolaja qilişni rejalaştirgan oila bilan safar oldidan suhbatlaşişga muvaffaq böldik.

- Allohga şukr, Özbekistonimizda yaxşi va xayrli amallarni qiladigan juda köp ekan. Ozmi-köpmi bizga yordam qölini çözişdi. Bizga kömaklaşganlarga va bu xayrli işni qiliş uçun yaxşi niyatda duoda bölayotganlarga ham mingdan ming rahmat. Allohim ularni öylagan niyat va maqsadlariga yetkazsin. Qilgan ehsonlarini öz dargohida qabul qilsin, - deb samimiy tilaklarini izhor etdi Dildoraxon.

Ma'lum bölişiça oila Hindistonning Dehli şahriga otlangan. U yerdagi şifoxona bilan zarur muzokaralar olib borilgan.15-20 kunda operatsiya qilinadi. 

Uçraşuv joyining özida moddiy kömak berganlarning omonati öz egalariga berib qöyildi.

- Bizga yaxşilik qilganlardan Alloh rozi bölsin va bu savobli işlarini dargohiga qabul qilsin, - dedi Begali Axunov.

Er-xotin bir tanu bir jon. Dildoraxon öz turmuş örtoği şifo topişi uçun donor bölişga rozi. Yaratganning inoyati bilan bu juftlikning nikoh riştasi oila boşiga tuşgan ham-anduhni yengib ötişda kuç böldi. Ularga biz oq yöl tiladik. Yaratgan barçamizdan rozi bölsin.