4 fevralda Kiprda prezident saylovlarining 2-bosqiçi bölib ötadi. Unda 1-bosqiçda eng köp ovoz töplagan ikki nomzod – DISI partiyasidan nomzod, amaldagi prezident Nikos Anastasiadis va AKeL partiyasidan nomzod Stavros Malas iştirok etadi.

Şu munosabat bilan mamlakatda 1122 ta va xorijda 30 dan köproq saylov uçastkalari soat 7.00dan oçiladi. Ovoz beriş soat 18.00gaça davom etadi. Zarurat bölsa, ovoz beriş saylov uçastkasida 21.00gaça davom etişi mumkin. 

Saylovçilar röyxatida 18 yoşga tölgan 551 ming kişi bor. Saylovning dastlabki natijalari soat 19.30da (Toşkent vaqti bilan 22.30da) olinişi kutilmoqda.

Kipr prezidenti 5 yilga saylanadi. Mamlakatni 2023 yilgaça boşqaradigan yangi prezident nomi 5 fevralda e'lon qilinadi. Saylovning 1-bosqiçida 9 nomzod qatnaşgandi, biroq ulardan birortasi ğalaba uçun zarur bölgan 50 foizdan köproq ovoz töplay olmagan. Öşanda Anastasiadis 35,5 foiz, Malas 30,25 foiz ovoz töplay olgandi.