4 fevralda Kosta-Rikada umumiy saylovlar bölib ötmoqda. Saylovlarda Markaziy Amerika davlatining 3,3 mln ga yaqin fuqarosi keyingi 4 yil uçun mamlakat rahbari va bir palatali parlamentning yangi tarkibi uçun ovoz beradi. Saylovlarning borişini 100 ga yaqin xorijiy kuzatuvçilar kuzatib boradi, ular orasida Amerika davlatlari taşkilotining 15 nafar vakili bor.
Mamlakat prezidenti lavozimiga 13 kişi da'vogarlik qilmoqda, ulardan 5 nafari yuqori imkoniyatlarga ega. Yetakçilar orasida “Milliy tiklaniş” partiyasi nomzodi Fabrisio Alvarado, “Milliy ozodlik” partiyasi nomzodi Antonio Alvares Desanti, “Fuqarolar harkati” partiyasidan Karlos Alvarado, “Milliy integratsiya” partiyasidan Xuan Diyego Kastro bor.
Nomzodlardan biri ğolib bölişi uçun kamida 40 foiz ovoz töplaşi kerak, aks holda aprelning birinçi yakşanbasi saylovlarning 2-bosqiçi bölib ötadi.
Mamlakatning amaldagi prezidenti Luis Gilermo Solis barça yurtdoşlarini saylovlarda iştirok etişga çaqirdi. Solis yangi hukumatga “iqtisodiy jihatdan barqaror va ijtimoiy jihatdan osoyişta davlatni” topşirişini aytdi.
Mamlakatning yangi prezidenti töqnaş keladigan asosiy muammolardan biri jinoyatçilikning yuqoriligi böladi. Uşbu mamlakat Markaziy Amerikaning Honduras, Gvatemala, Salvador kabi davlatlari fonida ança xavfsiz davlat hisoblanadi. Biroq şunga qaramay 2017 yilda mamlakatda zöravonlik darajasi oşgani qayd qilingan.
Mamlakat adliya vazirligining ma'lum qilişiça, mamlakatdagi barça qotilliklarning çorak qismi u yoki bu jihatdan narkomafiyaning noqonuniy faoliyati bilan boğlangan.












