Xalqaro Olimpiya Qömitasi (XOQ) Janubiy Koreyaning xokkey böyiça terma jamoasi darvozaboni Mett Daltondan Pxençxandagi Olimpiya öyinlaridan oldin dubulğasidagi suratni özgartirişni söradi. Inside the games şu haqida ma'lum qildi. 

Gap şundaki, golkiperning dubulğasida 1598 yilda Yaponiyaga qarşi uruşda qozonilgan ğalabaga katta hissa qöşgan admiral Li Sun Sin tasvirlangan.

Foto: Yonhap

XOQ xokkeyçi taşkilot qoidalarini buzmoqda, deb hisoblamoqda. Zero Olipiadada siyosiy tarğibot namoyişi taqiqlanadi. 

Dalton XOQning bunday qaroriga qarşi ölaroq, taşkilot fikrini özgartirişga harakat qilişini ta'kidladi.