Bryusselda bugun 2015 yilgi Parij teraktlaridagi boş ayblanuvçi Saloh Abdusalomga nisbatan sud jarayoni boşlanadi. Uni 2016 yilda qölga oliş paytida politsiyaga öt oçişda iştirok etiş uçun sud qilişadi. Avvaliga dastlabki yiğiliş 2017 yilning 18 dekabriga belgilangandi, biroq unga bir neça kun qolganida sud boşqa sanani tayinladi.
Abdusalom yiğilişga Fransiyadan politsiya vertolyotida olib kelinadi. Bundan taşqari, birinçi instansiya sudi matbuot xizmatidan xabar berişlariça, Adolat saroyi va uning atrofida "favqulodda xavfsizlik çoralari" köriladi. Yiğiliş zalining özida ikkita kamera örnatilib, bu jurnalistlarga jarayonni boşqa xonadan kuzatiş imkonini yaratadi.
Eslatib ötamiz, Parij va uning yaqinidagi teraktlar 2015 yilning 13 noyabr kuni röy berdi. Jangarilar bir vaqtning özida bir neçta hujumni amalga oşirişdi: Sen-Denidagi "Stad de Frans" stadioni yonida portlaş, bir neça restoranlar mijozlari otib taşlandi, şuningdek, "Bataklan" konsert zalidagi fojia. Öşanda hammasi bölib 130 kişi halok böldi, 350dan ortiq inson jarohatlandi.
Abdusalom yetti terrorçidan biri bölgan, biroq uning portlovçi qurilmasi işga tuşmagan, yoki özi buni sönggi soniyada qilmagan. Teraktlar sodir etilganidan to mart oyiga qadar u Bryusseldagi döstlarinikida yaşirinib kelgan.












