Xalqaro Olimpiya qömitasi boksning 2020 yilgi Olimpiada dasturiga kiritilişi böyiça pozitsiyani qayta körib çiqişi mumkin. Bu haqda XOQ prezidenti Tomas Bax ma'lum qildi. Ayni vaqtda XOQ Xalqaro havaskorlik boksi assotsiatsiyasi AIBA’ni moliyalaştirişni töxtatdi.
“XOQ boksning Ösmirlar öyinlariga va 2020 yilgi Olimpiadaga kiritilişini körib çiqiş huquqini özida qoldiradi”, deb aytgan Bax matbuot anjumanda.
Baxning aytişiça, AIBA bilan aloqalar minimum darajaga keltirilib, uning boşqaruv tizimini taftiş qiliş jarayoni boşlangan. Ehtimol, uşbu holat AIBA rahbarining iste'fosiga olib kelgan korruptsion mojaro bilan boğlangan bölişi mumkin.
“Bu qaror AIBA uçun juda noxuşdir, çunki uyuşma XOQ ijroiya qömitasi köproq çoralarni amalga oşiriş uçun zarur bölgan jarayonlar köproq vaqt talab qilişini va oxirgi vaqtda amalga oşirilgan qadamlar AIBA’ning islohotlarga tayyorligidan darak berişini tuşunişiga umid qiladi. AIBA keyingi 6 oy içida taşkiliy nazoratdan ötadi, bu nazorat AIBA uçun “yangi reja”ga olib keladi. Bu reja va tayyorlangan tavsiyalar AIBA ijroiya qömitasining iyuldagi yiğilişida muhokama qilinadi”, deb aytilgan AIBA matbuot xizmatida.












