Angliya çempionatining 26-turida «Liverpul» va «Tottenhem» özaro durang öynadi (2:2). «Tribuna» tezkorlik va dramatikligi jihatidan mavsumning eng yaxşi öyinlaridan biriga aylangan bu bahs haqida töxtaladi.

«Liverpul» va Yurgen Kloppning katta klublardagi öyinlari – alohida va romantik tarix. «Suonsi» yoki «Bornmut» mersisaydliklar jamoasining mudofaasini çilparçin qilişi mumkin, «Mançester Siti» yoki «Arsenal» esa bu jamoaning pressingi ostida çilparçin böladi. Şu tufayli «APL Robin Gudi»ning «Tottenhem»ga qarşi öyini katta iştiyoq bilan kutilgandi. Bu öyin işonçlarni oqladi.

Çempionlar Ligasi yöllanmasi uçun raqobat

Bu öyin Çempionlar ligasi yöllanmasi uçun da'vogarlik qilayotgan ikki klub qarama-qarşiligi sifatida ham ahamiyatli edi. Bu öyindan oldin «Liverpul» «Haddersfild» maydonidan 3:0 hisobidagi ğalaba bilan qaytgandi, «Tottenhem» esa «Uembli»da «MYu»ni ojiz qoldirdi (2:0). Bu jamoalarning kuçli törtlik uçun raqiblari uçraşuv durang natija bilan tugaşiga xayrixoh edi, lekin oxirgi 3 haftada 6 oçko yöqotgan «Liverpul»ni ham beşinçi örinda qolayotgan «Tottenhem»ni ham durang hisob qoniqtirmasdi.

«Tottenhem»da kuçli oltilik jamoalariga qarşi öyinlardagi statistika juda yomon. Şu tufayli ham Maurisio Poçettino jamoasi sezilarli darajada kuçaygan bölsada, çempionlikka erişa olmayapti. Ötgan mavsumlarda 5, 3 va 2-örinlar egallandi. Bu mavsumda ham birinçi örin bölmasligi kundek ravşan.

«Liverpul» bu mavsumda ham barqaror öyin körsata olmayapti, bu Yurgen Kloppning öyin uslubi oqibatlari. Jamoa katta öyinlarda katta kuç sarflab qöyadi va toliqqan futbolçilar kuçsiz jamoalarga yengilib beradi. «Liverpul» ham, «Tottenhem» ham Çempionlar ligasi guruh bosqiçini ajoyib ötkazdi, umuman, ingliz jamoalarining barça 5 jamoasi guruhdan çiqdi, pley-offda «Liverpul»ga oson raqib tuşgan, Klopp şogirdlaridan «Portu» qarşiligini sindiriş talab etiladi, «Tottenhem» esa YeÇLda keyingi mavsumlarda favorit hisoblanadigan «Yuventus»ga qarşilik qilişi kerak.

Bombardirlar dueli

Bu öyin arafasida ikki jamoaning asosiy hujumçilari Muhammad Saloh va Harri Keynga e'tibor qaratildi. Bu öyingaça Keyn hisobida 21ta, Saloh hisobida 19ta gol bor va bu ikki futbolçi Angliya çempionati töpurarlari röyxatini boşqarib turgandi. Birinçi davrada, Londonda keçgan bahsda mezbonlar 4:1 hisobida ğalaba qozongan, Key 2ta, Saloh bitta gol urgandi. Endi Saloh öz jamoasi maydonida keçadigan öyinda munosib javob qaytarişi kerak edi va şunday ham böldi. Barça bu ikki hujumçini soliştirayotganda Klopp e'tiborni çalğitmoqçi böldi: «Angliyada töp surayotgan hujumlardan ikkisini, Keyn va Firminoni bir-biriga öxşataman. Keyn köproq «töqqizlik» hujumçi va «önlik» sifatida ham öynay oladi, Firmino köproq «önlik» hujumçi va «töqqiz»lik vazifasini ham yaxşi bajaradi».