Italiya chempionatining 23-turida «Yuventus» «Sassuolo»ni yirik hisobda taslim etdi. Turindagi «Alyants» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 7:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Sami Xedira dubl, Gonsalo Iguain esa het-trik qayd etdi.

23-turning parallel kechgan uchrashuvlarida «Milan» «Udineze»ga qarshi o‘yinda g‘alabani saqlab qololmadi. Davide Kalabriyaning chetlatilishidan keyin bir kishi kam bo‘lib qolgan milanliklar Janluidji Donnarummaning goli tufayli durangga imzo chekishdi (1:1), SPAL safarda «Kalyari»ga yutqazdi (0:2), «Fiorentina» «Bolonya» maydonidan 3 ochko bilan qaytdi (2:1), «Atalanta» esa «Kevo»dan ustun keldi (1:0).

Italiya A Seriyasi
23-tur
Yuventus – Sassuolo 7:0 (4:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 9 Aleks Sandro, 2:0 – 24 Xedira, 3:0 – 27 Xedira, 4:0 – 38 Pyanich, 5:0 – 63 Iguain, 6:0 – 74 Iguain, 7:0 – 83 Iguain.
Yuventus – Buffon, Kellini, Aleks Sandro, De Shilo, Rugani (Benatiya, 46), Xedira (Sturaro, 46), Pyanich, Matyuidi (Markizio, 26), Bernardeski, Mandjukich, Iguain.
Sassuolo – Konsili, Lemos, Peluzo, Lirola, Acherbi, Dankan, Manyanelli, Berardi (Matri, 59), Missiroli, Politano (Bondini, 64), El-Babakar (Raguza, 81).
Ogohlantirishlar: Peluzo (33), Manyanelli (86).

Udineze – Milan 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 9 Suso, 1:1 – 76, avtogol Donnarumma.
Udineze – Bissarri, Larangeyra, Nyuytink, Petstsella (Vidmer, 65), Larsen, de Paul (Lopes, 68), Barak, Bexrami (Balich, 74), Yankto, Dzampano, Lazanya.
Milan – Donnarumma, Bonuchchi, Kalabriya, Abate, Romanoli, Bonaventura (Antonelli, 71), Bigliya, Chalxanoglu (Borini, 79), Kessie, Suso, Andre Silva (Kalinich, 73).
Ogohlantirishlar: Larsen (33), Kalabriya (41), Larangeyra (85).
Chetlatish: Kalabriya (68).

Bolonya – Fiorentina 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 41 Veretu, 1:1 – 44 Pulgar, 1:2 – 71 Keza.