2 hafta avval Britaniyaning Darem grafligida 5 ta normal va bitta rivojlanmay qolgan oyoqqa ega qöziçoq tuğildi. Qöziçoqning egasi Enji Jyevitt unga Xoup (Umid) degan nom berdi.
Daily Mail naşrining ma'lum qilişiça, qöziçoq dastlab söyilmoqçi bölgan, biroq özining noodatiyligi sababli bunday ayançli yakundan qoçib qutulgan. Qöziçoq egalari unga yaşaş uçun imkoniyat berişga qaror qilişgan va u bundan unumli foydalanişga qaror qildi.
Xoup özining 5 ta oyoğida boşqa qözilardan heç ham qolişmagan holda sakrab-sakrab yuradi. Unga töliq rivojlanmagani sabab tuyoği bölmagan 6-oyoği ham xalaqit qilmaydi. Qöziçoqni közdan keçirgan veterinarning fikriça, kelgusida qöziçoqqa uning ortiqça oyoqlari sababli operatsiya qilişga ehtiyoj bölmaydi.


Endi Xoup egalarining uyida “ardoqda” – u uçun fermada alohida uyça qurib berilgan. Qöziçoq egasining aytişiça, u Xoupni yaxşi körib qolgan va şaxsan özi uni butilkadan ovqatlantiradi.












