Angliya çempionatining 26-turida sensatsiya qayd etildi. «Çelsi» safarda «Uotford»ga yirik hisobda mağlub böldi. Uotforddagi «Vikarij Roud» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 4:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Londonliklar öyinning asosiy qismini bir kişi kam bölib ötkazişdi. 30-daqiqada Temue Bakayoko ikkinçi sariq kartoçkani olib, maydonni tark etdi.
«Asalarilar» jamoasi sardori Troy Dini 42-daqiqada penaltidan hisobni oçdi. Eden Azar 82-daqiqada uzoq masofadan javob golini urdi, ammo öyinning oxirgi qismida oltinrang libosdagi yigitlarni töxtatib bölmadi. Daril Yanmat, Jyerar Deulofeu va Roberto Pereyra bittadan gol urib, hisobni yirik körinişga keltirişdi - 4:1.
Endilikda «Çelsi» 50 oçkosi bilan turnir jadvalining törtinçi örnida qolmoqda, «Uotford» 30 oçkosi bilan 11-örinda joylaşgan.
Angliya çempionati
26-tur
Uotford – Çelsi 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 42, penalti Dini, 1:1 – 82 Azar, 2:1 – 84 Yanmat, 3:1 – 88 Deulofeu, 4:1 – 90 Pereyra.
Uotford – Karnezis, Mariappa, Predl, Xolebas, Yanmat, Kapu, Dukure, Zegelar, Deulofeu (Karrilo, 89), Rişarlison (Pereyra, 65), Dini (Grey, 90).
Çelsi – Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Keyxill, Mozes, Kante, Bakayoko, Dzappakosta, Villian (Fabregas, 34), Pedro (Jiru, 64), Azar.
Ogohlantirişlar: Bakayoko (25), Rişarlison (45), Predl (50), David Luiz (58), Fabregas (62).
Çetlatiş: Bakayoko (30).












