Toşkent şahridagi International Hotel Tashkent mehmonxona majmuasida 2018 yil 26 fevraldan 2 martgaça ADWEEK 2017 haftaligi bölib ötadi. Yaqinlaşib kelayotgan tadbir har yili ötkaziladigan tadbirlar taqvimida yorqin örin egallaşga va'da bermoqda. 

Mazkur sohadagi mahalliy, şu bilan birga xorijiy ekspertlar iştirokidagi master-klass va seminarlarning ötkazilişi, reklama, marketing, noşirlik va dizayn sohasidagi Özbekiston kompaniyalarining mahsulotlari namunalari, çet ellik hamkorlar bilan tadbirkorlik bitimlarini kengaytiriş imkoniyatlari – tadbir mana şularni taqdim etadi. 

Haftalik tadbirkorlikni rivojlantiriş, mahalliy marketing bozori asosiy iştirokçilarining raqobat ustuvorliklarini rivojlantiriş uçun maqbul muhitni yaratişga yordam beradi. Har yilgi voqealarning eng ajoyibi ADWEEK tanlovi bölib, tanlov qudratli investorlar, hamkorlar va keng auditoriya diqqatini jalb etişga, 2017 yil mahsulotlari va brendlarini taşviq etişdagi eng zör marketing va reklama qarorlarini taqdirlaşga qaratiladi.

ADWEEK 2017 marketing va reklama haftaligida iştirok etiş kiçik qismlardan jahon miqyosidagi festivalning haqiqiy manzarasini yaratiş imkoniyatini beradi, ADWEEK tanlovi toifasida olingan mukofotlar esa, uning egasining nufuzliligi, ijodiy salohiyatliligi va öz kasbining mohiri ekanining yorqin va şak-şubhasiz körsatkiçi bölib xizmat qiladi.