Bugungi kunda xalq ta'limi tizimida 408 ming nafar pedagog faoliyat körsatadi, şulardan 3 foizi oliy toifali, 12 foizi 1-toifali va 50 foiz atrofidagi kontingent mutaxassis toifasiga ega bölgan öqituvçilardir. Ularga pedagogik yuklamalarning amalga oşirilişi belgilangan hukumat qaroriga köra 1548 soat hajmda bir yil davomida, 154.8 foiz hajmda oy davomida amalga oşirilişi közda tutilgan. KUN.UZ muxbiri Xalq ta'limi vazirligi vakillarining sözlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

Bugungi kunda xalq ta'limi vazirligida öqituvçilarga toifa beriş jarayonini soddalaştiriş, optimallaştiriş yönalişida işçi guruh öz takliflarini tayyorlamoqda. 

Ma'lumki, öqituvçilarni rağbatlantiriş direktor jamğarmasi orqali amalga oşiriladi. Direktor jamğarmasi imkon doirasidagi mablağlar hisobidan 15-40 foizgaça bölgan hajmda rağbatlantiriş işlarini amalga oşirişi kerak. 

Hozirgi kunda toifa beriş masalasi pullik bölgani töğrisida alohida hukumat qarori qabul qilinib, bu mas'uliyat Vazirlar Mahkamasi qoşidagi Davlat inspeksiyasiga ötkazilgan va öqituvçilarga toifa beriş uçun ma'lum darajadagi sinovlardan ötiş va muayyan miqdordagi tölov orqali amalga oşiriladi. 

"Rejalaştirgan ğoyalarimiz hukumat darajasida  tasdiqlangandan keyin kuçga kiradi. Bu jarayonda öqituvçiga toifa berişda mutaxassis toifasidan oliy toifagaça bölgan daraja orasidagi tölovlarni oşiriş, mutaxassisdan 1-toifaga, undan 2-toifaga va h.k. oliy toifagaça bölgan farqlarni keskin oşiriş böyiça va şu asnoda direktor jamğarmasi orqali öqituvçining mavqei va obröini oşirişga xizmat qiladigan takliflarni hukumatga olib çiqiş ustida işlayapmiz", - deydi XTV vakili.