Toshkent shahrida "ArzonApteka" (AA) brendi ostidagi 30 franchayzing dorixonadan iborat yagona tarmoqning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ha, sizga dorixonalar shusiz ham ko‘pdek tuyulishi mumkin, biroq bu mutlaqo yangicha tizimda ishlaydigan innovatsion dorixonalar tarmog‘i bo‘lib, u o‘z nomiga munosib ravishda iste'molchilarga arzon dori-darmonlarni taklif etadi. "ArzonApteka" O‘zbekistondagi franchayzing dorixonalarning birinchi tarmog‘i bo‘lib, ular FOM GROUP kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yagona avtomatlashtiruv tizimi F-APTEKA dasturiy ta'minoti bilan jihozlanadi.

Foto: ArzonApteka

Xo‘sh, u nimasi bilan boshqa dorixonalardan farq qiladi dersiz?

  • Narxlarining boshqa dorixonalarga nisbatan arzonligi;
  • Siz kutgandan-da keng assortiment;
  • Dori vositalarining sifati kafolatlanishi;
  • Dorixona tarmoqlarining butun poytaxt bo‘ylab xizmat ko‘rsatishi;
  • Apteka o‘z saytiga, botiga, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasiga, shuningdek maxsus ilovasiga ega;
  • Dorixonalar tarmog‘i shaffof faoliyat olib borishi.

Bugungi kunda Toshkent shahrida AA brendi ostidagi 30 dorixona xizmat ko‘rsata boshladi, biroq oldinda ko‘zlangan maqsadlar katta. 2018 yilning o‘zida butun O‘zbekiston bo‘ylab "ArzonApteka" brendi ostida 300 dorixona faoliyati yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Ilk uch yilda esa bu ko‘rsatkich respublika bo‘ylab 1000 tagacha yetkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: ArzonApteka