Makedoniya boş vaziri Zoran Zayevning ma'lum qilişiça, mamlakat Gretsiya bilan davom etayotgan mojaro tufayli öz rasmiy nomini özgartirişga tayyor. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Makedoniya va Gretsiya birinçisining nomi tufayli ançadan beri bahsda bölib turibdi. Gretsiya respublika nomini özgartirişni talab qilmoqda, bu Gretsiyaning Makedoniya viloyati bilan uni adaştirmasligi uçun lozimligi aytiladi.

«Men Gretsiya bilan muzokaralar muvaffaqiyatli bölişini xohlayman. Biz geografik nomga aniqlik kiritişga tayyormiz», - deya aytib ötdi Zayev.

Agentlikning körsatişiça, har ikki davlat diplomatlari ehtimoliy nom sifatida Şimoliy Makedoniya, Yangi Makedoniya yoki Yuqori Makedoniya variantlarini körib çiqişi mumkin.