KUN.UZ tahririyatiga Toşkent şahri, Navoiy köçasi, 35-uyda istiqomat qiluvçi bir guruh fuqarolar murojaat qilişdi. Ular özlari yaşab kelayotgan köp qavatli uydan çiqarib yuborilişi mumkinligidan xavotirda ekanliklarini bildirişdi. Tahririyat muxbiri vaziyat bilan yaqindan tanişiş hamda uşbu uyda yaşovçilar duç kelgan muammoni örganiş maqsadida Toşkent şahrining Navoiy köçasida barpo etilgan köpqavatli uyga bordi.

Ma'lum bölişiça, uşbu uy Özbekiston Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki hamda uşbu köpqavatli uydan xonadon sotib oliş istagini bildirgan fuqarolarning 75 mln söm miqdorida depozitlari hisobiga barpo etilgan. Biroq bank oradan 4 yil ötganidan söng, 35-uyda yaşab kelayotgan fuqarolarga ogohlantiriş maktublari yuborib, köçmas mulk bozoridagi qiymat asosida qayta hisoblangan narxlar böyiça tölovlarni amalga oşirişni talab qila boşlagan.
Fuqarolarni ajablantirgan tomoni şundaki, 2011-2012 yil davomida fuqarolar bilan dastlabki şartnoma - kelişuv bayonnoma imzolanib, mazkur köpqavatli uy 2014 yil 15 aprelda Davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingani, Şayxontohur tumani hokimining 2014 yil 4 avgustdagi qarori bilan Milliy bankka mulk huquqi berilganiga qaramay, xonadonlarning yakuniy qiymati 2016 yilda bozordagi taklif narxida hisoblanib, jismoniy şaxslarga taqdim etilgan.

Bank rahbariyati xonadonlarda istiqomat qiluvçilardan mazkur narxda tölovlarni amalga oşirişni, aks holda, xonadonlardan majburiy tarzda köçirib yuborilişini hamda xonadonlar kimoşdi savdosi orqali sotib yuborilişidan ogohlantirib maktublar yuborgan. Milliy bankning bunday tarzda iş yuritişidan norozi jismoniy şaxslar fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritgan. Ular garçi köpqavatli uy 2014 yil 4 avgustida töliq foydalanişga topşirilganiga qaramay, Milliy bank asossiz ravişda xonadonlarning yakuniy narxini baholaşni keçiktirganidan noroziligini izhor qilişgan.

Fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanlararo sudi 2017 yil 15 martida mazkur murojaatni körib çiqib, xonadonlarni baholaş notöğri ötkazilgan, degan xulosaga kelgan va Milliy bankka xonadonlarni 2014 yil 4 avgustdagi holat böyiça qayta baholaş majburiyatini yuklagan. Apellyatsiya instansiyasi ham mazkur sud qarorini özgarişsiz qoldirgan.















