«PSJ» Fransiya Kubogining 1/8 finalida quyi divizion vakili «Soşo»ni yirik hisobda mağlubiyatga uçratdi. Monbelyardagi «Ogyust Bonal» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlar jamoasining 4:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 

Parijliklar safida argentinalik havbek Anxel Di Mariya birinçi daqiqadayoq hisobni oçdi, u öyin davomida yana ikki gol urdi. Bundan taşqari 28-daqiqada Edinson Kavani bitta gol urdi. Mezbonlarning yagona goliga Floryan Martin muallif böldi.

Öyin oxirida poytaxt jamoasi darvozaboni Kevin Trapp qizil kartoçka oldi, ammo bu hisobga ta'sir körsatmadi. Bu vaqtga kelib Unai Emeri barça almaştirişlardan foydalanib bölgani bois Trappning örnini jamoa himoyaçisi Dani Alves egalladi.

Neymar «PSJ»ning bu öyiniga zayavka qilinmagandi.

Fransiya Kubogi
1/8 final
Soşo – PSJ 1:4 (1:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 1 Di Mariya, 1:1 – 13 Marten, 1:2 – 27 Kavani, 1:3 – 58 Di Mariya, 1:4 – 62 Di Mariya.
Soşo – Ati-Zidji, Ojye, Bergdiş, Alfons, Berenger, Meyte, Marten (Bakayoko, 21), Tarde, Ruis, Ba, Tuzgar (Robine, 59).
PSJ –    Trapp, Tiago Silva, Kimpembe, Kurzava, Mene, Draksler, Di Mariya, Diarra (Motta, 73), Verratti (Pastore, 68), Mbappe, Kavani (Dani Alves, 68).
Ogohlantiriş: Verratti (35).
Çetlatiş: Trapp (90).