AQŞ prezidenti Donald Tramp Britaniya boş vaziri Tereza Mey bilan telefon orqali muloqot ötkazdi. Bu haqda Oq uy xabarida aytiladi.

«Boş vazir Mey prezident Trampga yaqinda Xitoyga amalga oşirgan taşrifi haqida aytib berdi. Yetakçilar barça manfaatdor davlatlar Şimoliy Koreyaga bosimni kuçaytirişi lozimligiga qöşilişdi. Bu uşbu mamlakat yadro qurolidan xoli bölmagunça davom etişi kerak», - deyiladi xabarda.

Şuningdek, Tramp va Mey huquqni muhofaza qiluvçi organlarning özaro aloqalarini yölga qöyişda yordam berişi mumkin bölgan ma'lumotni almaşiş böyiça kelişuvni muhokama etgan.